"Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish"
Xorazm viloyat bolalar kutubxonasi va viloyat kelajak markazi bilan hamkorlikda reja-jadval asosida "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish" mavzusida "Zoom" platformasida onlayn seminar bo'lib o'tdi. Seminarda hududiy “Kelajak” markazlari, hududiy “Bolalar kutubxonalari” va maktab kutubxonalari o‘rtasida samarali va tizimli hamkorlikni ta’minlash masalalari ko'rib chiqildi. Seminarda Yangibozor,Yangiariq va Tuproqqal'a tuman maktab kutubxonachilar va Kelajak markazlari mutaxassislari qatnashdilar.
Yosh avlod tarbiyasiga bagʻishlangan 57 yillik fidokorona mehnat
Yosh avlod tarbiyasiga bagʻishlangan 57 yillik fidokorona mehnat ✅ Nazira Raxmanova uzoq yillardan buyon Xorazm viloyati Bolalar kutubxonasi direktori vazifasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Mohir va tashabbuskor rahbar sifatida yosh avlodni maʼnaviy yetuk, bilimli va barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning kitobga va mutolaaga qiziqishini oshirish yoʻlida salmoqli ishlar amalga oshirib kelmoqda. Uning rahbarlik davrida Bolalar kutubxonasi koʻplab yutuqlarga erishdi. Birgina misol, kutubxonaning faol kitobxonlaridan Maftuna Ochilova 2025-yilda “Yosh kitobxon” respublika tanlovida 1-oʻrinni egallab, Prezident sovgʻasi — BYD avtomobiliga sazovor boʻldi. 🔰 Uning koʻp yillik samarali mehnati, ijodkorligi, tashabbuskorligi va yosh avlod tarbiyasidagi fidoyiligi “Xalq taʼlimi aʼlochisi”, “Moʻtabar ayol”, “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishonlari bilan munosib mukofotlangan. ➖ Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida esa kasbiga sadoqat, yosh avlod kelajagiga daxldorlik va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga bagʻishlangan fidokorona mehnati II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan taqdirlandi.
Adabiyot va kitobxonlik — ma’naviyat ko‘zgusi
Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis Senatori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid bilan kitobxonlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ma’naviyat va adabiyot ixlosmandlari jam bo‘lgan mazkur uchrashuv samimiy muloqot, she’riyat va kitobga bo‘lgan yuksak e’tibor ruhida kechdi. Tadbirda adabiyotning inson ma’naviy olamini boyitish, yosh avlod qalbida ezgulik, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. Tadbirni Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazi direktori R. Qurbonov ochib, mehmonlarni samimiy qutladi hamda Sirojiddin Sayyidga sermahsul ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva hamda uyushma a’zosi Shuhrat Matkarim so‘zga chiqib, Sirojiddin Sayyid ijodidan namunalar o‘qidilar. Shoirning mazmunan teran, badiiy jihatdan yuksak va inson qalbiga yaqin she’rlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Samimiy suhbat davomida Sirojiddin Sayyid kitobxonlikning inson hayotidagi ahamiyati, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni kitobga oshno etish, badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish borasida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Kitobning inson tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy kamolotga yetaklashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Tadbirning yana bir muhim jihati — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan olib kelingan badiiy adabiyot namunalari bir qator kutubxonalarga tuhfa etilgani bo‘ldi. Jumladan, kitoblar viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi, viloyat bolalar kutubxonasi hamda Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxona markaziga taqdim qilindi. Mazkur ezgu tashabbus kitob fondlarini yangi nashrlar bilan boyitish, turli yoshdagi kitobxonlarning mutolaa imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib etish, ijodkorlar bilan kitobxonlar o‘rtasidagi ijodiy muloqotlarni muntazam tashkil etish muhim ekani qayd etildi. Mazmunli suhbat, dilbar she’riyat va kitob tuhfalari bilan yodda qolgan ushbu uchrashuv adabiyotning inson qalbini ezgulikka chorlovchi, tafakkurini boyituvchi va ma’naviyatini yuksaltiruvchi qudratli kuch ekanini yana bir bor namoyon etdi.
“ENG FAOL YOSH KITOBXON” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI
“ENG FAOL YOSH KITOBXON” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI 📍 Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati Kengashi tomonidan “Eng faol yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Tanlovda tizimdagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh xodimlar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda boy adabiy merosimizga hurmat va mehr tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Yakuniy natijalarga ko‘ra: 🥇 Mubiya Otamurotova (Urganch davlat universiteti) – 1-o‘rin; 🥈 Kamolat Aminova (Bog‘ot tumani 2-son texnikumi) – 2-o‘rin; 🥉 Lobarxon Erkinboyeva (Xonqa tumani 3-son texnikumi) – 3-o‘rin. G‘oliblar maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. ✅ Kitob – tafakkur chirog‘i, mutolaa esa yuksalish sari eng qisqa yo‘ldir!
“Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi”
Dolzarb 90 kun doirasida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” onlayn tanlovi yakunlandi! Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” onlayn tanlovining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Tanlovda ishtirokchilar o‘zlari o‘qigan kitoblar yuzasidan tayyorlagan videoroliklari orqali kitob mazmunini ochib berish, asar qahramonlari va undan olgan xulosalarini tushuntirish hamda nutq ravonligi va mustaqil fikrlash qobiliyati bo‘yicha baholandi. 🏆 G‘oliblar: 🥇 1-o‘rin — Haydarova Ra’no Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi 🥈 2-o‘rin — Ibragimova Marjona Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi 🥉 3-o‘rin — Muhammadiyeva Durdona Surxondaryo viloyati, Denov tumani, 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi G‘oliblarni samimiy tabriklaymiz! 📚 Kitob o‘qing, ilm oling va g‘olib bo‘ling!
#Kitob taqdimoti
Qomusiy olim,tibbiyot va tabobatning otasi,ulug' bobomiz Abu Ali ibn Sino o'zining shoh asari bo'lmish "Tib qonunlari" kitobida dorishunoslikka muhim e'tibor qaratgan. Buyuk ajdodimizning ana shu qimmatli tavsiyalari asosida xorazmlik taniqli dorishunos Z.Raximova tomonidan yozilgan "Abu Ali ibn Sinoning asrlar osha lelayotgan dorinomalari" kitobi yuzasidan Xorazm viloyat bolalar kutubxonasida taqdimot o'tkazildi.
Seminar
2026 yil 1 - may kuni Xorazm viloyat bolalar kutubxonasi xodimlari tomonidan Xonqa tuman Axborot kutubxona markazida umumta'lim maktablari kutubxonachilarining malakasini, kasbiy bilim va ko'nikmalarini oshirish bo'icha o'quv - seminar o'tkazildi,
#Madhiyamiz_el_faxrimiz
Xorazm viloyati Xonqa tumani MMTB ga qarashli 31-sonli umumiy o'rta ta‘lim maktabda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan videoroliklar ishlandi. "Madhiyam— faxrim " haftaligi doirasida madhiya tarixi haqida o‘quvchilarga ma‘lumotlar berildi. Darslar madhiyani kuylash bilan boshlandi.
#Madhiyamiz_el_faxrimiz
Xorazm viloyati Qoʻshkòpir tumani 25-sonli umumiy òrta ta'lim maktabining 4-A sinf óquvchilari Axborot -kutubxona markazida Òzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunining 33-yilligiga bagʻishlab "Madhiyamiz - el faxrimiz" mavzusida ma'naviy tadbir bólib òtdi.